Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi
eʼlon qilindi
Umumiy quvvati 2 550 kVt

Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro gidro elektr stansiyalar (GES) qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ushbu loyiha uchun 6,7 ming gektardan ortiq yer maydoni davlat zaxirasidan Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.
Umumiy quvvati 2 550 kVt bo‘lgan GESlar Nurafshon, Chirchiq, Angren shaharlari, Chinoz, Parkent, Yangiyo‘l, Bo‘ka, Zangiota, Oqqo‘rg‘on va Ohangaron tumanlarida barpo etiladi.
Stansiyalar viloyat hokimining tegishli qarori bilan yakunlanib, foydalanishga topshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Inter RAO» tranzit bilan bogʻliq muammolar tufayli respublikaga elektr energiyasini yetkazib bermayotgani haqida yozgandi.