Treyderlar Tesla aksiyalarining pasayishi ortidan $16,2 mlrd foyda koʻrgan

Qimmatli qogʻozlar qiymati tushib ketishiga ishonib, ularni yuqori narxda sotadigan, keyin arzonroq narxda qaytarib sotib oladigan treyderlar Tesla aksiyalarining pasayishidan foyda koʻrdi. Bu haqda Financial Times (FT) xabar bermoqda.
Tesla aksiyalarining pasayishida qatnashganlar qisqa muddatda $16,2 mlrd ishlab topgan. Kompaniya egasi Ilon Maskning oʻzi allaqachon $100 mlrd dan koʻproq mablagʻ yoʻqotgan. Hozirgi kunda Teslaning har bir aksiyasi $222,15 dan $238 gacha koʻtarildi.
Ayni paytda Teslaʼning asosiy raqobatchisi boʻlgan BYDʼning aksiyalari Super e-Platform elektromobillar uchun oʻta tez quvvatlanish tizimini joriy qilganidan soʻng rekord darajaga koʻtarildi.
Kursiv Uzbekistan nashri Tesla arzon elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.