Xitoy Trampning bojlari tufayli Amerika gazidan voz kechishni boshladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Xitoy 40 kun davomida AQShdan LNG import qilmadi
Xitoy AQSh gazini xarid qilmayabdi
Xitoy Trampning tariflari tufayli Amerika gazidan voz kechishni boshladi/ Foto: lagereel/Depositphotos

Xitoy Donald Tramp bojlari tufayli 40 kundan beri AQShdan suyultirilgan gaz (LNG) import qilishdan bosh tortmoqda. Bu haqda Bloomberg Kpler kompaniyasining kema kuzatuvi ma’lumotlariga tayanib, xabar bermoqda.

Ta’minotning joriy uzilishi oxirgi ikki yildagi eng uzun muddat boʻldi. Pekin Vashington Xitoyning barcha eksportiga bojlar joriy qilganiga javoban 10 fevraldan boshlab AQShning LNG yetkazib berishga 15 foizlik boj joriy qildi.

Shundan soʻng amerikalik yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzgan xaridorlar LNG yuklarini Yevropaga qayta sotdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa rekord darajada gaz xarid qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek