
Market Yandex Go savdo maydonchasi Oʻzbekiston bozorida joriy yilning aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Kursiv Uzbekistan ma’lumotlarini kompaniya matbuot xizmati tasdiqladi.
SellerLab Telegram kanali ma’lumotlariga koʻra, kompaniya savdo maydonchasini ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlash uchun yirik reklama kampaniyasini rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Market Yandex Go sotuvchilari uchun 9 ming kvadrat metr maydonga ega ombor ishga tushirilishi ma’lum boʻldi.
Oʻtgan yilning dekabr oyida Yandex Market Go brendini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza topshirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning fevral oyidan boshlab Navoiyda Yandex Go’dan yetkazib berish xizmati mavjudligi haqida yozgan edi.