Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga sun’iy yoʻldosh internet tizimini rivojlantirishga yordam beradi

Toshkentda Yevropa Ittifoqi bilan Markaziy Osiyo uchun sunʼiy yoʻldosh internet loyihasi boʻyicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlarining chekka hududlari aholisini internet bilan ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, mintaqada raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan «Markaziy Osiyo uchun aloqa» dasturi boʻyicha kelishuv imzolandi.
«Raqamli aloqaga sarmoya kiritish orqali biz bo‘shliqlarni to‘ldirmoqdamiz, imkoniyatlar yaratmoqdamiz va Markaziy Osiyo mintaqasining raqamli iqtisodiyotdan to‘liq foyda olishini ta’minlamoqdamiz», – dedi xalqaro hamkorlik boʻyicha Yevropa komissari Yozef Sikela.
Ikkala loyiha ham Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Hujjatlar Global Gateway strategiyasi doirasida imzolangan. Dastur raqamli infratuzilma va toza energiyani rivojlantirishga qaratilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan sun’iy yoʻldosh oʻzbekistonlik fermerlarning yerlarini kuzatishi haqida yozgan edi.