Zargarlik buyumlari savdosidagi huquqbuzarliklar uchun 19 mln so‘mga yaqin jarima belgilanadi

eʼlon qilindi
BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha
Zargarlik
Zargarlik buyumlari savdosidagi huquqbuzarliklar uchun 19 mln so‘mga yaqin jarima belgilanadi / Foto: Pexels.com

Senatning navbatdagi yalpi majlisida ayrim qonun hujjatlariga zargarlik sanoatini rivojlantirishga oid qo‘shimchalar kiritish muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi va aylanmasi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlari oshiriladi. Ya’ni bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravari (11,2 mln so‘mdan) 50 baravarigacha (18,7 mln so‘m) jarimalar belgilanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda zargarlik sohasida ishlab chiqarish hajmi 2,5 trln so‘mni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 15 foizga yuqorilagan. Mahsulotlar eksporti esa 20 foizga ko‘tarilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganda zargarlik sanoatida xorijiy kompaniya ish boshlashi haqida yozgandi.

Shuningdek