Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
20-martda 9,17 so‘mga tushadi
Dollar
Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushadi / Foto: Piqsels

20-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 9,17 so‘mga tushib, 12 926,51 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 875 – 12 930 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 940 – 13 000 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 72,09 so‘mga tushib, 14 092,48 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 2,80 so‘mga oshib, 156,00 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin

Shuningdek