
Google budjetli Pixel 9a smartfonini e’lon qildi, bu model Apple’ning iPhone 16e’si sotuvga chiqqanidan bir necha hafta o‘tib taqdim etildi. Bu haqda Bloomberg ma’lum qildi.
Pixel 9a $499ga sotuvga chiqarilib, iPhone 16e’dan $100 arzon narxga ega bo‘ladi. U aprel oyida do‘konlarda sotila boshlaydi.
Yangi Pixel 9a dizayni bo‘yicha avvalgi modellardan farq qilib, tekis qirralarga ega bo‘ldi va kamera burmasi olib tashlandi. Smartfon 48 megapikselli asosiy kamera va 13 megapikselli ultra keng kamera bilan jihozlangan. Shuningdek, u 6,1 dyuymli displeydan 6,3 dyuymli ekranga o‘tib, ochiq havoda 2700 nit yorqinlikka erishadi.
Pixel 9a bir marta zaryadlanganda 30 soatgacha ishlaydi, batareyani tejash rejimi esa 100 soatgacha davom etishi mumkin. Smartfon qora, oq, och ko‘k va pushti ranglarda taqdim etiladi. U 128 GB xotira uchun $499 yoki 256 GB xotira uchun $599 narxda sotiladi. Pixel 9a yangi Tensor G4 protsessoriga ega bo‘lib, IP67 o‘rniga yaxshilangan IP68 himoyasini taklif etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Android smartfonlarida ovozli yordamchi xizmatini oʻchirishi haqida xabar bergan edi.