Ilon Mask X tarmog‘iga $150 mln sarmoya kiritdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qildi
ilon mask
Ilon Mask X kompaniyasiga $150 mln sarmoya kiritdi / Foto: Bloomberg

X tarmog‘i rahbari Ilon Mask kompaniyaning qo‘shimcha aksiyalarini sotib olish uchun $150 mln sarmoya kiritdi. Bu haqda Bloomberg nashri malum qildi.

Bitim X’ning umumiy qiymatini $29,2 mlrdga yetkazdi va 2022-yilda Mask tomonidan sotib olingan narx bilan mos keldi. Saudiyaning Kingdom Holding Co. hisobotiga ko‘ra, Mask kompaniyaning minoritar aksiyalarini ham xuddi shu narxda qaytarib sotib olishga tayyorligini bildirgan.

2022-yilda Twitter’ni $44 mlrdga sotib olganidan beri kompaniya reklama daromadlari pasayishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Ba’zi yirik brendlar nomaqbul kontent yonida joylashtirilish qo‘rquvi tufayli reklamalarini to‘xtatgan. Natijada 2024-yil yanvar oyiga kelib Fidelity Investments kompaniya qiymatini 68 foizga pasaytirdi. Mask bunga javoban marketologlarga qarshi huquqiy kurash boshladi va reklama budjetlarini cheklovchi kompaniyalarga qarshi sudga murojaat qildi.

Bloomberg’ning xabariga ko‘ra, ayrim reklama beruvchilar X platformasiga qaytishni boshlagan, ammo Maskning sud jarayonlari va siyosiy qarashlari sohada bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Kingdom Holding va Mask vakillari ushbu masala bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Maskning taxminicha insoniyat 5 – 7-yil ichida Marsni egallay boshlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek