
iPhone’ning buklanadigan Fold modeli $2,3 mingdan boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda Appleinsider nashri ma’lum qildi.
Bu model Appleʼning boshqa qurilmalari, xususan, Mac noutbuklaridan ham qimmat baholangani ajablanarli. Tahlilchilarning fikricha, iPhone Fold’ning yuqori versiyalari bundan ham qimmat boʻlishi mumkin.
iPhone Fold 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Apple mahsuloti buklanadigan raqobatchilari bilan solishtirganda narx boʻyicha yaqqol ustunlikka erishadi. Chunki Samsung Galaxy Z Flip 6 $1,1 ming, OnePlus Open $1,7 ming, Google Pixel 9 Pro Fold esa $1,8 mingni tashkil etadi.
Kursiv Uzbekistan nashri Apple menyular va piktogrammalarni tubdan qayta loyihalashtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.