1-sentabrdan maktab va bog‘cha rahbarlari maoshi oshiriladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
20 va 15 foizga

Joriy yilning sentabr oyi boshidan maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari, bog‘cha mudiralarining oylik maoshlari oshiriladi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xabar berdi.
1-sentabrdan maktab direktorlarining maoshi 20 foizga, direktor o‘rinbosarlariniki esa 15 foizga oshiriladi. Bolalar bog‘chalari mudirlarining maoshi uchinchi va to‘rtinchi toifadagi maktablar direktori o‘rinbosarlarining oyligiga tenglashtiriladi.
Shuningdek, vazir KPI asosida maktab direktori uchun oylik bonuslar to‘lanishini e’lon qildi. Ushbu tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan sertifikatga ega oʻzbek tili oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanishi haqida yozgandi.