Navroʻz bayramida arzonlashtirilgan yarmarkalar qayerlarda tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Barcha dehqon bozorlarida
bozor
Navroʻz bayramida arzonlashtirilgan yarmarkalar qayerlarda tashkil etiladi / Foto: Yandex

Navroʻz bayrami arafasida poytaxtdagi barcha dehqon bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilinadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, quyidagi tumanlardagi bozorlarda arzon narxlardagi mahsulotlar savdosi oʻtkaziladi:

  • Bektemir tumani – «Qo‘yliq dehqon bozori»;
  • Mirobod tumani – «Mirobod dehqon bozori»;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani – «Navro‘z dehqon bozori»;
  • Sergeli tumani – «Sergeli dehqon bozori»;
  • Olmazor tumani – «Qora Qamish dehqon bozori»;
  • Uchtepa tumani – «Farhod dehqon bozori»;
  • Shayxontohur tumani – «Eski Juva dehqon bozori»;
  • Yashnobod tumani – «Aviasozlar dehqon bozori»;
  • Yunusobod tumani – «Yunusobod dehqon bozori» va «Oloy dehqon bozori»;
  • Yakkasaroy tumani – «Askiya dehqon bozori»;
  • Chilonzor tumani – «Chilonzor dehqon bozori».

Yarmarkada 100 ga yaqin turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qulay narxlarda sotiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Navroʻz dasturxoni uchun qancha xarajat ketishi haqida yozgandi.

Shuningdek