Oʻzbekiston mudofaa budjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mudofaa budjeti reytingida 63-o‘rinni qayd etgan
Harbiy indeks
Oʻzbekistonning mudofaa xarajati qanchani tashkil etadi/ Foto: Mudofaa vazirligi

Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida mudofaa budjeti boʻyicha $2,8 mlrd bilan birinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Global Firipowerning (GF) 2025-yilgi hisobotida malum qilindi.

Global mudofaa sharhida qayd etilishicha, Oʻzbekiston mudofaa budjeti $2,8 mlrd bilan Myanmadan ($2,94 mlrd) keyingi, 63-oʻrinni qayd etgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining mudofaa budjeti bilan quyidagi jadvalda tanishing.

 Davlat nomi Mudofaa budjetiGF budjetidagi orni
Oʻzbekiston$2,8 mlrd63
Qozogʻiston$2,04 mlrd72
Turkmaniston$1,1 mlrd86
Tojikiston$446 mln108
Qirgʻiziston$221 mln130

GF taqdim etgan ma’lumotga koʻra, mudofaa budjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat – AQSh ($895 mlrd), Xitoy ($267 mlrd), Rossiya ($126 mlrd), Hindiston ($ 75 mlrd) va Saudiya Arabistoni ($74 mlrd).

Oʻzbekistonning 2025-yilgi harbiy salohiyati 145 davlat ichida Qozogʻistondan (57) keyingi 58-oʻrinni egallagan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri harbiy xizmatchilar uchun toʻlanadigan kompensatsiyalar miqdori oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek