OTB Oʻzbekistonda kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun $3,4 mlrd ajratadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2025-yilda tadbirkorlar $400 mln oladi
человек складывает стопки монет, рост
Bank strategiyani ishlab chiqishda ishtirok etdi. Foto: Adobestock

2025-yildan 2030-yilgacha Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun $3,4 milliard yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bankning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, pul Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi boʻyicha ajratiladi. 2025-yil oxirigacha bank $400 million ajratadi.

Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishi «yashil» loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni global savdo zanjirlariga integratsiya qilish boʻyicha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OTB Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qancha sarmoya kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek