O‘zbekistonda 20-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

20-mart kuni havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, harorat Toshkentda kunduzi 25-27°, kechasi 12-14° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kunduzi 25-30°, kechasi 10-15° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiyda ham harorat shu atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda kunduzi 22-27°, kechasi 9-14° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz iliqroq bo‘lib, kunduzi 25-30°, kechasi 10-15° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada esa kunduzi 22-27°, kechasi 7-12° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda 20 – 25 mart kunlari qor ko‘chish xavfi bor. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘lishi kutilmoqda.