Play Market’da 60 mln marta yuklangan 331 ta virusli dastur topilgan

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Braziliya, AQSh, Meksika, Turkiya va Janubiy Koreya foydalanuvchilari eng ko‘p zarar ko‘rgan
Play Market’da 60 million marta yuklangan 331 ta virusli dastur topilgan/ Foto: Pexels.com

Google Playʼda 60 mln marta oʻrnatilgan ilovalar olib tashlandi. Zararli dasturlar IAS Threat Lab mutaxassislari tomonidan 2024-yil boshida aniqlangan.

Bitdefender hisobotida aytilishicha, Android smartfonlar doʻkonida 60 mln yuklab olingan 331 ta virusli dastur topilgan. Ushbu dasturlar Vapor oilasining zararli ilovalaridir.

Manbaning qayd etishicha, ushbu dasturlar foydalanuvchilarga reklama taqdim qilgan holda pul ishlagan. Yaratuvchilar dasturlardan fishing hujumlarni amalga oshirish uchun ham foydalangan.

Eng ko‘p yuklab olingan zararli ilovalar qatoriga AquaTracker, ClickSave Downloader, Scan Hawk, Water Time Tracker va Be More kiradi. Ushbu dasturlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan foydalanuvchilar Braziliya, AQSh, Meksika, Turkiya va Janubiy Koreyada joylashgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri TikTok AQShda oʻz faoliyatini toʻxtatgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek