Rossiya va Ukraina 373 nafar asirni almashadi

eʼlon qilindi
Tramp va Putin muloqoti
Tramp va Putin
Rossiya va Ukraina 373 nafar asirni almashadi/ Foto: PBS.com

Rossiya rahbari Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotida harbiy asirlarning almashinuvini e’lon qildi. Bu haqda Kreml saytida rasmiy munosabat berildi.

Oʻzaro kelishuvga koʻra, 19-mart kuni 175 nafar ukrainalik askar evaziga 175 nafar rus askari almashiladi. Rossiya xayrixohlik belgisi sifatida 23 nafar ogʻir yaralangan harbiylarni Ukrainaga joʻnatadi.

Shuningdek, ikki davlat rahbari vaqtinchalik sulh tuzish taklifini ham muhokama qilgan. Kremlga koʻra, Rossiya Ukraina hududida vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatish uchun Kiyevga xorijiy yordamni tugatish shartini belgilagan.

NYT nashrining Oq uy ma’lumotiga tayanib yozishicha, Vladimir Putin Donald Trampning Rossiya va Ukraina 30 kun davomida energetika infratuzilmasiga oʻzaro zarba bermaslik haqidagi taklifini ham qoʻllab-quvvatlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Tramp va Putin Ukraina urushini toʻxtatish masalasida muzokara oʻtkazgani haqida yozgan edi.

Shuningdek