
Samarqand shahrida 24 – 25-may kunlari triatlon va paratriatlon boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqandda bo‘ladigan turnirdagi ishtiroki uchun atletlar Los-Anjeles Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi qoʻshimcha ochkolarga ega boʻladi.
Musobaqa doirasida sportchilar Standard masofada bellashib, suzish – 1,5 km, velosiped bosqichi – 40 km va yugurish bosqichi – 10 kmda o‘zaro kuch sinashadi.
Para atletlar musobaqada Super Sprint yoʻnalishida ishtirok etib, suzish – 750 m, velosport bosqichi – 40 km, yugurish – 5 km musobaqalarida bellashadi.
Shuningdek, Samarqanddagi xalqaro turnir davomida mamlakat chempionati ham oʻtkaziladi. Unda professional atletlar va havaskorlar qatnashadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning kuzida Samarqandda FIDE shaxmat turniri oʻtkazilishi haqida yozgan edi.