Samsung Galaxy S24 FE uchun mart oyidagi xavfsizlik yangilanishini chiqardi

19-mart 2025 15:45 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
samsung s24 fe
Samsung Galaxy S24 FE uchun mart oyidagi xavfsizlik yangilanishini chiqardi / Foto: Sammobile

Samsung o‘zining Galaxy S24 FE smartfoni uchun 2025-yil mart oyiga mo‘ljallangan yangi xavfsizlik yangilanishini taqdim etdi. Ushbu yangilanish 58 ta xavfsizlik muammosini bartaraf etib, smartfon xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Yangilanish xalqaro versiyaga (SM-S721B) tegishli bo‘lib, proshivka versiyasini S721BXXS3AYB3 ga o‘zgartiradi. Dastlab, yangilanish Yevropada chiqarilgan bo‘lsa, yaqin kunlarda boshqa mintaqalarga ham tarqatilishi kutilmoqda.

Galaxy S24 FE foydalanuvchilari yangilanishni uch xil usulda o‘rnatishlari mumkin:

  1. Bildirishnoma orqali yuklab olish.
  2. Sozlamalar > Dasturiy ta’minotni yangilash > Yuklab olish va o‘rnatish bo‘limidan qo‘lda tekshirish.
  3. Odin dasturi yordamida Samsung ma’lumotlar bazasidan yuklab olish.

Bundan tashqari, Galaxy S24 FE Android 15-ga asoslangan One UI 7.0 yangilanishini ham oladi. Ushbu yangilanish kengaytirilgan foydalanuvchi interfeysi, yangi funksiyalar va silliq animatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, videolardan ortiqcha tovushlarni olib tashlash imkonini beruvchi yangi audio o‘chirgich funksiyasi ham qo‘shiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy S24 yangi yangilanishlar bilan ta’minlanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek