Shimoliy Koreya global bitkoin imperiyasida uchinchi o‘ringa chiqdi

eʼlon qilindi
Bitkoin
Bitkoin. Foto: Kanchanara / Unsplash

The Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya bitkoinlarga egalik qilish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlaridan keyin eng yirik kriptovalyuta egasi sifatida KXDR aynan kiberhujumlar orqali bu darajaga yetgan.

KXDRning Lazarus nomli eng yirik xakerlik guruhi hozirda 13 580 bitkoinga ega bo‘lib, bu taxminan 886 mln funt sterlingga teng. Fevral oyida ushbu guruh Bybit kriptovalyuta birjasiga hujum qilib, 1,2 mlrd funt sterling qiymatdagi Ethereum kriptovalyutasini o‘g‘irladi. Bu tarixdagi eng yirik kiberjinoyatlardan biri sifatida qayd etilgan.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadroviy va ballistik raketa dasturining 40 foizgacha qismini noqonuniy kiberusullar orqali moliyalashtiradi. Kim Chen In uchun bu mablag‘lar iqtisodiy sanksiyalar ostida ommaviy qirg‘in qurollari dasturini davom ettirishga imkon bermoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bitkoin narxi keskin tushib ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek