Sony Samsung S24 Ultra bilan raqobatlasha oladigan kamera ishlab chiqaradi

19-mart 2025 15:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Sony
Shu yil oxirida taqdim etiladi/ Foto: Depositphotos.com

Sony telefonlar uchun 200 megapikselli kamera sensorini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi.

Muhim jihati shundaki, uning oʻlchamlari Samsung kamerasidan kattaroq boʻladi.

Hozirda Samsung smartfonlar uchun 200 megapikselli kamera sensorlarini taklif qiluvchi yagona taniqli brenddir. Koʻpgina telefon ishlab chiqaruvchilari undan keng foydalanmoqda.

Sony bunday kameralardan shu yil oxirida ishlab chiqaradigan smartfonlarining asosiy kameralari uchun ishlatadi. Yaponiya kompaniyasi uni boshqa brendlarga ham sotishni rejalashtirmoqda. Xitoy brendlari doimiy ravishda yangi texnologiyalarni izlayotgani sababli Samsungning ISOCELL 200MP kameralaridan voz kechishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Galaxy S24 yangi yangilanishlar bilan taʼminlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek