Teslaga qarshi noroziliklar sabab yettita Tesla avtomobili yoqib yuborildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Uch marta oʻq ham uzilgan
Tesla
Teslaga qarshi noroziliklar ortida 5 ta Tesla moshinasi yoqib yuborildi/ Foto: Getty Images

Las-Vegas politsiyasi 18-mart, seshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida beshta Tesla avtomashinasiga zarar yetkazilganini qayt etgan. Bu haqda Forbes nashri malum qilmoqda.

Qoʻshma shtatlarda Tesla avtomobillariga qarshi norozilik harakatlari oʻtkazilmoqda. Las-Vegasda bir nafar shaxs beshta Tesla avtomobilini yoqib yuborgan va uch marta oʻq uzgan.

Kanzas City Star nashrining malum qilishicha, Kanzas shahridagi dilerlik doʻkonida ikkita Tesla Cybertruck yoqib yuborilgan. Hozirda ushbu harakatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan treyderlar Tesla aksiyalarining pasayishi ortidan $16,2 mlrd foyda koʻrgani haqida yozgan edi.

Shuningdek