To‘lov ilovalari reytingi: Paynet AppStore’dagi o‘rnini Payme’ga bo‘shatdi

eʼlon qilindi
21 ta to‘lov tashkilotlari o‘z mobil ilovalarini joylashtirgan
Payme
To‘lov ilovalari reytingi: Paynet o‘rnini Payme’ga bo‘shatdi / Foto: Payme

Joriy yilning fevral oyi holatiga ko‘ra, 21 ta to‘lov tashkilotlari AppStore va PlayMarket’da o‘z mobil ilovalarini foydalanuvchilar uchun joylashtirgan. O‘tgan yilning shu davrida AppStore foydalanuvchilari Paynet ilovasini ko‘proq yuklab olgandi. SNS Ratings ushbu ilovalar reytingini e’lon qildi.

2024-yilning shu davrida Markaziy bank litsenziyasiga ega to‘lov tashkilotlari soni 49 tani tashkil etgandi. Bu yilga kelib ko‘rsatkich ikki barobardan ko‘proqqa kamaygan.

Tahlil asosan ijobiy va salbiy sharhlar, yuklab olishlar soni, funksional yaxshilanishlar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi funksiyalarga foydalanuvchilar bildirgan munosabatlari natijasida tayyorlangan.

AppStore’dagilar tanlovi: Payme va Click yuqori o‘rinda

Foydalanuvchilar uchun AppStore’da to‘lov tashkilotlarining 20 ta ilovasining reytingi shakllantirilgan bo‘lib, asosan yuklab oluvchilarning bahosi bilan gorizontal, vertikal va yakuniy ballar e’lon qilingan.

Top beshtalikdan quyidagi ilovalar o‘rin olgan:

  • Payme — 300 mingdan ziyod baholangan(yakuniy ball 98,4);
  • Click — 66 mingdan ziyod(92,6 ball);
  • Alif — 22 mingdan ziyod(90,7 ball);
  • ATTO — 14 mingga yaqin(88,1 ball);
  • Beepul — 11,5 ming(87,3 ball).

Quyi pog‘onadan Uzum Nasiya (755 ta baho) va Limon Pay (25 ta baho) o‘rin olgan. O‘tgan yilning fevral oyida Top beshtalikda yetakchi o‘rinni Paynet egallagan bo‘lsa, bu yil birinchi o‘ringa Payme chiqdi. Keyingi o‘rinlarda Payme, Upay, 1pay va Click turgan.

Play Market’dagilar tanlovi bu yil ham o‘zgarishsiz qoldi

Fevral oyida Google Play ilovasi foydalanuvchilari o‘tgan yilning shu davridagi singari Payme’dan foydalanishda yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. O‘tgan yili Payme 435 mingdan ziyod baholanishlar bilan yetakchilikni egallagandi. Bu gal Top beshtalikdagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Payme — 630 mingdan ziyod baholangan (yakuniy ball 97,5);
  • Click — 453 mingdan ortiq (94,9 ball);
  • Paynet — 127 mingdan ziyod (89,7 ball);
  • Alif — 149 mingdan ortiq (88,8 ball);
  • Beepul — 91 mingdan oshiq (88,4 ball).

Quyi o‘rinlarda esa iWon client va Smart Market turibdi. O‘tgan yilning mos davrida yetakchi beshlikda Oson to‘lov tashkiloti ham o‘rin olgandi.

Ilovalar foydalanuvchilari faolligi jihatidan Payme yuklanishlar va kunlik izohlar soni bo‘yicha 100 foizlik natijani ko‘rsatgan. Yakuniy reyting bo‘yicha esa ushbu ilova AAA(97,95 ball bilan idel) darajaga yetgan. Smart Market ilovasi esa eng oxirgi o‘rinda CCC(60,93 ball bilan deyarli yaxshi) darajasiga loyiq ko‘rilgan.

Kunlik izohlar soni bo‘yicha bir oy davomida yetakchilikni Click ilovasi egallab kelgan. Jami 1078 ta izoh yozilgan bo‘lib, kunlik rekord ko‘rsatkich 4-fevral kuni (63 ta izoh bilan) qayd etilgan. Payme 950 ta izoh bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa ham, kunlik rekordlar bo‘yicha 74 ta izoh bilan Click’ni ortda qoldirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tijorat banklari Call-markazlari xizmat ko‘rsatish darajasi baholangani haqida yozgandi

Shuningdek