
Uzbekistan Airways faqatgina 22-mart kuni Toshkent – Sochi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Reys vaqti quyidagicha:
- Toshkentdan joʻnab ketish soat 15:35, Toshkent vaqti bilan.
- Sochiga yetib borish soat 17:30, Sochi vaqti bilan.
- Sochidan joʻnab ketish soat 19:00, Sochi vaqti bilan.
- Toshkentga yetib kelish soat 23:25, Toshkent vaqti bilan.
Chiptalarni booking.uzairways.com sayti, ilova, Uzbekistan Airways Sales filiali yoki aviakompaniya agentlari orqali xarid qilish mumkin.
Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent – Parij yoʻnalishida qoʻshimcha reyslar yoʻlga qoʻyilgani haqida yozgan edi.