Uzum Market bozoridagi ustun mavqeyi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Uzum Market Oʻzbekistondagi marketpleyslar bozorida ustun mavqeyiga ega ekanligi haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda kompaniya oʻzining Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Ishga tushirilgandan buyon Uzum Market jamoasi oʻz oldiga ikkita vazifani qoʻyadi – butun mamlakat boʻylab aholi uchun keng turdagi tovarlarni arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatini ta’minlash va oʻzbekistonlik tadbirkorlarga va bunda ham yirik kompaniyalar va ham kichik biznesga oʻsish imkoniyatini berish», – deyiladi xabarda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, hamkorlar, marketpleys sotuvchilarining xodimlaridan tashqari eng yirik logistika infratuzilmasini va 11 mingdan ortiq ish oʻrinlarini yaratgan.
Shuningdek, hozirgi kunda unda 14 mingdan ortiq sotuvchi ishlamoqda va 1 milliondan ziyod mahsulot sotuvga qoʻyilgan. Kompaniyaning taʼkidlashicha, onlayn savdo bozori tez oʻsib bormoqda, ammo hozircha umumiy retail bozorining atigi 2 foizini tashkil qiladi.
«Boshqa ishtirokchilar va tadbirkor-hamkorlarimiz bilan birgalikda biz marketpleyslarda xaridlarni yanada foydali va qulay qilish orqali onlayn savdoni rivojlantirishda davom etamiz», – deyiladi munosabatda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Market ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etilgani haqida xabar bergan edi.