Uzum Market ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi

Uzum Market ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi qarori bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb e’tirof etishning mezonlari belgilangan.
Ushbu qarorga muvofiq, Raqobat qoʻmitasining tegishli buyrugʻi bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida Uzum Market ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Uzum milliy raqamli ekotizimi Oʻzbekiston budjetiga 1,2 trln soʻm miqdorida soliq toʻlagani haqida xabar bergan edi.