
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan, 1977-yilda tug‘ilgan R.N. Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. U uyushgan guruh tarkibida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
«Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar ko‘rgan fuqarolar O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi yoki Ichki ishlar vazirligi va hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishlari so‘raladi», – deiladi konsullik xabarida.
Jinoyat uchun jazolanish muqarrarligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari maxsus tadbirlarni davom ettirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirilgani haqida xabar bergan edi.