21 – 23-mart kunlari Toshkentda drift bo‘yicha ochiq chempionat o‘tkaziladi
eʼlon qilindi
Kirish bepul

21 – 23-mart kunlari Toshkent shahrida drift bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
Ushbu avtomobil sporti ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan musobaqada O‘zbekistonning eng mohir driftchilari ishtirok etadi.

21 – 22-mart kunlari musobaqaga ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, brifing, texnik va tibbiy ko‘rik, shuningdek, kvalifikatsiya bosqichlari o‘tkaziladi.
23-mart kuni esa chempionatning asosiy bellashuvlari va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa «Oloy bozori» avtoturargohida o‘tkaziladi. Kirish bepul.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 21 – 27-mart kuni barcha teatrlarga kirish bepul boʻlishi haqida yozgandi.