Yangiliklar

O‘zbekistonda 21-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

21-mart ob-havo
21-mart ob-havo / Foto: Pexels.com

21-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab asosan biroz bulutli ob-havo hukm suradi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O’zgidromet ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 10-12 m/s tezlikda esishi mumkin. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 27-29° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 15-20° iliq.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo ochiq bo‘lib, shamolning tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 24-29° iliq.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° iliq.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° iliq.