Yerga kuchli magnit boʻroni yaqinlashmoqda

2025-yilning 24-25 mart kunlari kuchli magnit boʻroni Yerga ta’sir etishi kutilmoqda. Mutaxassislarning ma’lumotlariga koʻra, bu boʻron geomagnit noqulayliklar yaratishi va ba’zi texnik tizimlarning ishlashida muammolar yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin.
Magnit boʻroni K-indeksida 5 ball bilan belgilanadi. Bu esa kuchli geomagnit noqulayliklarni keltirib chiqarishini bildiradi. Tabiiyki, bunday noqulayliklar kosmik ob-havoning noxush holatini keltirib chiqaradi va sun’iy yoʻldoshlar tizimi, navigatsiya va aloqa texnologiyalariga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham ta’sir etishi ehtimoli bor. Odamlarda bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Zarubejneft» Andijondagi quyosh elektr stansiyasi loyihasi uchun tanlovni yakunlangani haqida yozgan edi.