Gadjetlar

Asus Ascent GX10 mini kompyuterini taqdim etdi

Nvidia DGX Spark dan arzon
Asus
Asus Ascent GX10 mini kompyuterining narxi qancha / Foto: Asus

Nvidia sun’iy intellektga yoʻnaltirilgan $4 minglik DGX Spark mini kompyuterini taqdim etdi. Asus Ascent GX10 mini kompyuteri undan $ 1 mingga arzon.

Asosiy farq – narx va saqlash hajmida. Nvidia versiyasi 4 TB SSD bilan jihozlangan boʻlsa, Asus modeli 1 TB SSDʼga ega.

Asus versiyasi Nvidiaʼdan biroz ixchamroq boʻlishi mumkin. SSD-dan tashqari hamma narsa ikkala modelda ham bir xil.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi yupqa va kuchli Redmi Book Pro 2025 noutbuklarini taqdim etgani haqida yozgan edi.