Bayram munosabati bilan barcha xodimlar bir soat vaqtli ketadi

eʼlon qilindi
Bugun, 20-mart kuni
Navro'z bayrami
Bayram munosabati bilan barcha xodimlar bir soat vaqtli ketadi / Foto: Pexels

Bugun, 20-mart kuni barcha xodimlar ish vaqtidan bir soat oldin ketish huquqiga ega. Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 21-mart – Navro‘z bayrami rasmiy ishlanmaydigan bayram sanaladi. Shu sababli, bugun ishga chiqqan barcha xodimlar bir soat vaqtliroq uyga ketish huquqiga ega.

Bayram oldidan ish vaqtini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlar va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida yozgandi

Shuningdek