
Raqobat qo‘mitasi Navro‘z bayrami arafasida tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarkalardagi aholi muntazam iste’mol qiladigan mahsulotlar narxlarini o‘rgandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu yarmarkalarda ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy oziq-ovqat mahsulotlari aholiga qulay narxlarda taqdim etilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatidagi yarmarkalarda narxlar quyidagicha:
- Mol go‘shti — 65 ming so‘m;
- Qo‘y go‘shti — 70 ming so‘m;
- Tovuq go‘shti – 24 ming so‘m;
- Kartoshka — 4 ming so‘m;
- Piyoz — 2 ming so‘m;
- Pomidor — 22 ming so‘m;
- O‘simlik yog‘i — 16 ming so‘m;
- Guruch — 11 ming so‘m;
- Shakar — 12,5 ming so‘m.
Jizzaxda:
- Mol go‘shti — 65 ming – 70 ming so‘m;
- Parranda go‘shti — 24 ming – 26 ming so‘m;
- Kartoshka — 4 ming – 5 ming so‘m;
- Piyoz — 2 ming – 3 ming so‘m;
- Mahalliy un — 4,5 ming – 5 ming so‘m;
- Shakar — 13 ming – 14 ming so‘m.
Namanganda:
- Mol go‘shti — 65 ming – 70 ming so‘m;
- Parranda go‘shti — 24 ming – 27 ming so‘m;
- Kartoshka — 4 ming so‘m;
- Piyoz — 2,5 ming – 3 ming so‘m;
- Mahalliy un — 3,8 ming – 4 ming so‘m;
- Shakar — 13 ming so‘m.
Qashqadaryoda:
- Mol go‘shti — 75 ming – 80 ming so‘m;
- Parranda go‘shti — 22 ming – 25 ming so‘m;
- Kartoshka — 5 ming – 6 ming so‘m;
- Piyoz — 2 ming – 2,5 ming so‘m;
- Qadoqlangan sut — 12 ming – 13 ming so‘m;
- Mahalliy un — 3,9 ming – 4,4 ming so‘m.
Sirdaryoda:
- Mol go‘shti — 65 ming – 75 ming so‘m;
- Parranda go‘shti — 28 ming – 32 ming so‘m;
- Kartoshka — 3,8 ming – 4 ming so‘m;
- Piyoz — 2 ming – 2,5 ming so‘m;
- Guruch — 8 ming – 18 ming so‘m;
- Mahalliy un — 4,5 ming – 6 ming so‘m.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida:
- Import uni — 5,4 ming – 7,5 ming soʻm;
- Qolipli non — 2,5 ming – 3 ming soʻm;
- Mol goʻshti — 70 ming – 95 ming soʻm;
- Parranda goʻshti — 22 ming – 28 ming soʻm;
- Tuxum — 900 – 1,2 ming soʻm;
- Paxta yogʻi — 16,5 ming – 18 ming soʻm;
- Kungaboqar yogʻi — 18 ming – 19 ming soʻm;
- Shakar — 12,5 ming – 13 ming soʻm;
- Guruch — 7 ming – 12 ming soʻm;
- Kartoshka — 5,5 ming – 6,5 ming soʻm;
- Piyoz — 2 ming – 3,5 ming soʻm;
- Sabzi — 3 ming – 3,5 ming soʻm.
Samarqandda:
- Mahalliy un (1-nav) — 3,8 ming – 4,5 ming soʻm;
- Import uni (1-nav) — 5,5 ming – 7 ming soʻm;
- Qolipli non — 2,5 ming – 3 ming soʻm;
- Mol goʻshti (suyakli) — 70 ming – 85 ming soʻm;
- Parranda goʻshti — 24 ming – 27 ming soʻm;
- Tuxum — ming -1,1 ming soʻm;
- Paxta yogʻi — 14 ming – 16 ming soʻm;
- Kungaboqar yogʻi — 17 ming – 19 ming soʻm;
- Shakar — 13 ming soʻm;
- Guruch (alanga) — 10 ming – 14 ming soʻm;
- Kartoshka — 4 ming – 6 ming soʻm;
- Piyoz — 2,5 ming – 3 ming soʻm;
- Sabzi — 3000 soʻm.
Eng arzon mol go‘shti Andijon viloyatida sotilayotgan bo‘lsa, kartoshkaning quyi narxi Sirdaryoda bo‘ldi.
Narxlar barqarorligi nazorat ostida Raqobat qo‘mitasi tomonidan yarmarkalardagi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari muntazam o‘rganilib, arzonlashtirilgan savdolar aholiga yetib borishi ta’minlanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda bayram munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar qayerlarda tashkil etilishi haqida yozgandi.