
Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 21-23-mart kunlari dam oladi. Bu vaqtda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 22 ta bankning valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi.
Quyidagi banklar dam olish (bayram) kunlari ham mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Har bir bank nomiga bosib, qaysi filial yoki bo‘limlar ochiq ekanini bilib olishingiz mumkin:
- «Milliy bank»
- «Sanoatqurilishbank»
- «Ipoteka bank»
- «Universalbank»
- «Infin bank»
- «Davr bank»
- «Xalq banki»
- «Poytaxt bank»
- «Saderatbank»
- «Hamkorbank»
- «Trastbank»
- «Asakabank»
- «Aloqabank»
- «Mkbank»
- «Garant bank»
- «Biznesni rivojlantirish banki»
- «Orient Finans Bank»
- «Ipak yo’li bank»
- «Turonbank»
- «Agrobank»
- «Tenge bank»
- «Anorbank»
Shuningdek, kunu tun rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham istalgan vaqtda valyuta ayirboshlash imkoniyati mavjud.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 8-mart bayrami va dam olish kunlari ishlaydigan banklar haqida yozgandi.