Beyond Aero dunyoga ekologik biznes-jetni taqdim etdi

eʼlon qilindi
beyond aero
Beyond Aero dunyoga ekologik biznes-jetni taqdim etdi / Foto: Beyond Aero

Fransiyaning Beyond Aero kompaniyasi 2030-yilgacha sertifikatlanishi kutilayotgan birinchi vodorod yonilg‘ili biznes-jet BYA-1 loyihasini taqdim etdi. Bu innovatsion samolyot kerosin o‘rniga vodorod gazidan foydalanib, havoga faqat suv bug‘larini chiqaradi. Bu haqda Aerospacetestinginternational nashri ma’lum qildi.

Beyond Aero dunyoga ekologik biznes-jetni taqdim etdi / Foto: Beyond Aero

BYA-1 gibrid avtomobillarga o‘xshash printsipda ishlaydi: qanotlardagi yuqori bosimli vodorod yonilg‘i xujayralarida kislorod bilan reaksiyaga kirishib, elektr energiyasi ishlab chiqaradi va ikkita dvigatelni quvvatlantiradi. Bu texnologiya 1500 km masofani bosib o‘tish va 573 km/soat kreyser tezligida parvoz qilish imkonini beradi. Samolyotning eng muhim xususiyatlaridan biri esa atigi 620 metr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘laklaridan ucha olish qobiliyatidir.

Beyond Aero dunyoga ekologik biznes-jetni taqdim etdi / Foto: Beyond Aero

Biroq vodorod aviatsiyasiga o‘tish mavjud qoidalarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Beyond Aero Yevropa aviatsiya xavfsizlik agentligi (EASA) bilan hamkorlikda texnologiya uchun yangi standartlarni ishlab chiqmoqda. Loyihaga Airbus va HondaJetdan kelgan mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, hozirda 70 muhandis BYA-1 sertifikatsiyasida ishlamoqda.

Ekologik aviatsiya bo‘yicha ilk mijozlar allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan: kompaniya 72 ta samolyot uchun $580 mlnlik oldindan buyurtmalarni qabul qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan JetZero aviakompaniyasi innovatsion samolyotlar parvozini yo‘lga qo‘ymoqchi ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek