Avto

Chevrolet Cobalt yana Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi

Ushbu modeldan 1776 dona sotilgan
cobalt
Chevrolet Cobalt yana Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi / Foto: Chevrolet

Chevrolet Cobalt fevral oyida Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan yangi avtomobil bo‘ldi. Bu haqda Avtopotok nashri ma’lum qildi.

Qozog‘iston avtomobil xo‘jaliklari uyushmasi (KAS) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu modeldan 1776 dona sotilgan. Bu so‘nggi yillardagi tendensiyaning davomidir, chunki Cobalt muntazam ravishda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Fevral oyida Qozog‘istonda jami 2080 ta Chevrolet avtomobili sotilgan bo‘lib, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 80 foizga ko‘pdir.

Uzoq yillardan beri yetakchilikni saqlab kelayotgan Cobalt 2023 va 2024-yillarda ham Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillardan biri bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Cobaltʼning narxi qanchaga tushgani haqida xabar bergan edi.