Lacettiʼda Qozogʻistonga $874 mingdan ortiq valyuta chiqib ketishining oldi olindi

eʼlon qilindi
Umumiy $1,2 mln olib chiqmoqchi bo‘lgan
Lacettiʼda Qozogʻistonga $874 mingdan ortiq valyuta chiqib ketishining oldi olindi / Foto: Videodan tasvir

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Toshkent viloyatidagi «Navoiy» bojxona postida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami $1,2 mln dan ortiq mablagʻni musodara qildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekistondan Qozogʻistonga ketayotgan Lacetti rusumli avtomashina toʻxtatilganda Toshkent viloyatida yashovchi yoʻlovchining yonidan $874 ming boʻlgan oʻram topildi. Bu mablagʻni bojxona nazoratidan oʻtkazib, Qozogʻistonga noqonuniy olib oʻtishga uringanligi aniqlangan.

Keyingi surishtiruv ishlari natijasida ushbu valyuta Toshkent bozorlaridagi savdogarlardan undirilib, ayolga berilgani aniqlangan. Poytaxtliklardan birining Toshkent viloyatidagi vaqtinchalik uy-joyini koʻzdan kechirish chogʻida Qozogʻistonga yashirin tarzda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan yana $399 ming topilgan.

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi «a» bandi va 182-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri soxta eksport orqali budjetdan 24,6 mlrd soʻm oʻgʻirlagan bir guruh mansabdor shaxslarga sud hukmi oʻqilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek