Oʻzbekistonda Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etgan 19 ta turistik kompaniya jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
75 mln so‘mdan jarima to‘laydi
umra
Oʻzbekistonda Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etgan 19 ta turistik kompaniya jarimaga tortildi/ Foto: elmirex2009 / depositphotos

Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etgan 19 ta turistik firma 75 mln soʻmdan jarimaga tortildi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati ma’lum qildi.

Jarimalarning umumiy miqdori 1,5 mlrd soʻmni tashkil etadi. Shuningdek, litsenziyasiz umra sayohatini tashkil qilgan 31 ta firmaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan ish qoʻzgʻatilgan.

Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun beshta kompaniya boʻyicha materiallar Monopoliyaga qarshi qoʻmitaga yuborilgan.

Bugungi kunda Umra ziyoratini uyushtirish uchun 12 ta turistik firma va «Haj va umra markazi»da vakolat mavjud.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Umra ziyoratini litsenziyasiz reklama qilgan uchta turistik kompaniya jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek