Banklar va moliya

Oʻzbekistonning «Asia Invest Bank» Rossiyaning ishonchli banklari yuztaligiga kirdi

Reyting Forbes tomonidan tuzilgan
«Asia Invest bank» Rossiya Federatsiyasining ishonchli banklari yuztaligiga kirdi / Foto: Micheile Henderson / Unsplash

Davlatga qarashli «Asia Invest Bank» Forbes talqini boʻyicha Rossiyaning eng ishonchli banklari 100 taligiga kirdi. Moliyaviy tashkilotlar roʻyxati nashr veb-saytida e’lon qilindi.

Bank besh yulduzdan ikkita yulduz olib, 64-oʻrinni egallagan. Jurnalistlar «Asia Invest Bank»ni kreditga layoqatlilik darajasi oʻrtacha boʻlgan moliyaviy tashkilotlar guruhiga kiritdi. Jadvalni tuzishda jurnalistlar Rossiya reyting agentliklarining banklarning kredit qobiliyatini baholashlariga tayandilar.

«Asia Invest Bank» 1996-yilda Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi kelishuv asosida tashkil etilgan. U Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston korxonalari va savdo kompaniyalariga xizmat koʻrsatadi. Uning asosiy aksiyadori «Oʻzmilliybank» hisoblanadi.

2025-yil yanvar oyi oxirida «Asia Invest Bank» Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo boʻlgan edi.

Kursiv Uzbekistan nashri «Asia Invest Bank» Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushishi va SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzilishi haqidagi xabarlarni o‘z rasmiy sahifasida bildirgan munosabati orqali rad etgani haqida yozgan edi.