Sport

O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘yini: Toshkentning qaysi ko‘chalari o‘yin uchun yopiladi

17:00 dan soat 23:30 gacha
O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘yini: Toshkentning qaysi ko‘chalari o‘yin uchun yopiladi / Foto: O‘FA

Bugun, 20-mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

O‘yin munosabati bilan soat 17:00 dan 23:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota – Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi, Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan – Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida harakat amalga oshirilmaydi.

yo'llar yopilishi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bo‘stonliqqa boradigan ayrim yo‘llarda avtotransport harakati vaqtincha cheklangani haqida yozgandi.