O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari strategik hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdilar

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Ilhom Aliyev 20-mart kuni telefon orqali muloqot qilib, bir-birlarini Navro‘z bayrami bilan tabrikladilar. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida savdo hajmi oshayotgani, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida yangi loyihalar faol bosqichga o‘tgani ta’kidlandi. Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv tadbirlari muntazam o‘tkazilayotgani qayd etildi.

Davlat rahbarlari xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar va ko‘p tomonlama sammitlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Navro‘z saylida ishtirok etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek