Durov WhatsApp’ni Telegram’ning «arzon nusxasi» deb atadi

eʼlon qilindi
Telegram’ning oylik foydalanuvchilari bir milliarddan oshgan
Telegram
Durov WhatsApp’ni Telegram’ning «arzon nusxasi» deb atadi / Foto: prykhodov / depositphotos

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov WhatsApp’ni «arzon, soddalashtirilgan nusxa» deb atab, kompaniyaning messenjerga oid innovatsiyalarini ko‘chirishga harakat qilayotganini ta’kidladi. Bu haqda u Telegram kanalida xabar qildi.

Shuningdek, Telegram messenjerining oylik faol foydalanuvchilari soni bir mlrddan oshgan. O‘tgan yilda Telegram Premium obunachilari soni uch baravarga oshib, 12 mlndan ko‘paygandi. Ushbu natija bilan dunyoda Xitoyning WeChat ilovasidan keyin eng ommabop ikkinchi messenjerga aylandi. Pavelning yozishicha, Telegram foydalanuvchilari o‘rtacha kuniga 21 marta ilovani ochadi va unda 41 daqiqa vaqt o‘tkazadi.

Shu bilan birga, kompaniyaning daromadi ham sezilarli o‘sib, 2024-yilda $547 mlnga yetgan. Messenjer oʻzining uch yillik monetizatsiya tarixida birinchi marta yilni daromad bilan yakunlagandi.

Shu bilan birga, Durov WhatsApp’ni «arzon, soddalashtirilgan nusxa» deb atab, kompaniyaning Telegram innovatsiyalarini ko‘chirishga harakat qilayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, WhatsApp o‘z raqobatchisini sekinlashtirish uchun milliardlab dollar mablag‘ni lobbichilik va PR kampaniyalariga sarflagan. Biroq Telegram o‘z mustaqilligini saqlab qolgan va tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.

«Mustaqillikni saqlab qolish» degan fikr bilan u 2024-yil 24-avgust kuni Parijdagi Le Burje aeroportida qoʻlga olinganini nazarda tutgan. Pavel uyushgan jinoyatchilik, jumladan, giyohvand moddalar va bolalar pornografiyasini tarqatishda ishtirok etishda hamda organlar soʻroviga binoan ma’lumot taqdim etishdan bosh tortishda ayblangan. Hibsga olinganidan bir necha kun oʻtib, Durov besh million yevro garov evaziga qoʻyib yuborilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pavel Durov Telegram messenjeri hamjamiyatiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek