Toshkent viloyatida 20 ming gektarga yaqin yer maydoni auksionga qo‘yildi
eʼlon qilindi
Auksion yangi tartibda o‘tkaziladi

Toshkent viloyatida 20 ming gektarga yaqin yer maydonlari auksionga chiqarildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Hokimlik zaxirasida bo‘lgan 23 ming gektar yer maydonidan 19 ming 716 gektari qishloq xo‘jaligi yerlari sifatida auksion savdolarida e’lon qilindi.
Ushbu yer uchastkalariga auksionning yangi tartibi amal qiladi. Jumladan, birinchi auksion besh kun ichida o‘tkazilib, takroriy savdo esa bir kun ichida amalga oshiriladi.
Takroriy savdolarda bitta ishtirokchi bo‘lsa ham, savdo o‘tkazilgan deb hisoblanadi. Bu jarayonda boshlang‘ich narx bosqichma-bosqich 10 foizdan 20 foizgacha pasaytiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Yangi Toshkent» uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer maydoni ajratilishi haqida yozgandi.