Tramp Meksika chegarasiga harbiy nazoratdagi bufer zonasini qurdirmoqchi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatning janubiy chegarasida harbiy nazoratdagi bufer zonasi tashkil etish va noqonuniy ravishda mamlakatga kirgan migrantlarni vaqtincha ushlab turish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda «The Washington Post» gazetasi xabar bermoqda.
Rejaga koʻra, janubiy chegarada 60 fut (taxminan 18 metr) kenglikdagi harbiy nazoratdagi bufer zonasi tashkil qilinishi mumkin. Ushbu zona Gʻarbiy Texasdagi El-Paso shahridan boshlab, Janubiy Kaliforniyadagi Tixuana shahrigacha choʻziladi.
Tramp ma’muriyatining bu reja boʻyicha yakuniy qarori qabul qilinmagan. Tegishli idoralar bu borada qoʻshimcha huquqiy va amaliy baholashlarni oʻtkazmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh va Meksika oʻrtasidagi devor qurilishi 2029-yilgacha yakunlanishi haqida yozgan edi.