Turkiyada Istanbul merining hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi

eʼlon qilindi
Lira ham keskin pasaydi
Turkiyada Istanbul merining hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi / Foto: Reuters

Istanbul hokimi Ekrem Imomoʻgʻlining hibsga olinishi Turkiyada ommaviy noroziliklarga sabab boʻldi. Reutersʼning ma’lum qilishicha, siyosiy voqealar fonida lira keskin pasaymoqda.

Imomoʻgʻli korrupsiya va terrorchilarga yordam berishda ayblanmoqda. Biroq muxolifat sodir boʻlayotgan voqealardan keskin norozi. Istanbul meri 2028-yilgi saylovlarda amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning potensial raqibi hisoblangan.

Anqara, Istanbul va boshqa ba’zi shaharlar koʻchalarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Ommaviy tadbirlar taqiqlanganiga qaramay ularda minglab odamlar qatnashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar bloklangan va politsiyaning namoyishchilarga nisbatan qattiq choralar koʻrilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Video: Turk OAV
Video: Ijtimoiy tarmoq

Turk lirasining qiymati 12 foizga tushib, tarixiy eng past darajani qayd etdi. Mahalliy fond bozoriga voqealar ta’sir koʻrsatishi natijasida u 7 foizga tushdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Imomogʻlu bir kun avval hibsga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek