Yangiliklar

Yevropa Ittifoqi tuxum inqirozini e’lon qildi

Tuxum bozoridagi inqiroz tufayli Yevrokomissiyadan shoshilinch choralar ko‘rish talab qilindi
tuxum
Yevropa Ittifoqi tuxum inqirozini e’lon qildi / Foto: Unsplash

Yevropa Parlamenti Ruminiya a’zosi Daniel Buda Yevropa Ittifoqi (YI) tuxum bozorida inqiroz haqida keskin fikr bildirgan. U Yevrokomissiyadan zarar koʻrgan ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun qanday shoshilinch choralar koʻrishni rejalashtirayotganini soʻragan.

«Ittifoq parranda grippining avj olishi natijasida millionlab tovuq yoʻq qilingani sabab yuzaga kelgan inqirozga duch kelmoqda. Komissiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozori barqarorligini ta’minlash va parranda grippi avj olgan ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun qanday choralar koʻradi?», – dedi Buda.

Kursiv Uzbekistan nashri Qozogʻiston tuxum importini taqiqlamoqchi ekanligi haqida yozgan edi.