
Samsung yangi Galaxy A26, A36 va A56 smartfonlarini Buyuk Britaniyada rasman sotuvga chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
Galaxy A36 va A56 xaridorlari uchun cheklangan muddatga bepul sovg‘alar – 45 Vt tezkor zaryadlovchi, silikon g‘ilof va Galaxy Fit 3 fitnes bandi taqdim etiladi. Ushbu aksiyaning umumiy qiymati £138 ga teng.
Galaxy A26 uchta rangda – qora, yalpiz va oq – sotuvga chiqarilib, 256 GB xotiraga ega. Uning asosiy xususiyatlari:
- 6,7 dyuymli AMOLED ekran,
- Gorilla Glass Victus+ himoyasi,
- IP67 chang va suvga chidamlilik,
- Exynos 1380 chipi,
- Android 15 va olti yillik yangilanish kafolati.
Galaxy A36 8 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega bo‘lib, £399 ga sotilmoqda. Aksiyadan tashqari, Samsung mijozlarga £30 – £90 chegirma beruvchi savdo dasturini ham taklif qilmoqda. Uning asosiy xususiyatlari:
- 6,7 dyuymli AMOLED ekran,
- Snapdragon 6 Gen 3 chipi,
- IP67 sertifikati,
- 12 MP old kamera,
- 45 Vt tezkor quvvat olish imkoniyati.
Galaxy A56 esa £499 narxda sotuvga chiqarildi va yanada kuchli texnik xususiyatlarga ega:
- 6,7 dyuymli yuqori yorqinlikdagi AMOLED ekran,
- Exynos 1580 chipi,
- Ikki kunlik batareya quvvati,
- 45 Vt tezkor quvvat olish,
- 12 MP old kamera,
- One UI 7 va olti yilgacha dasturiy yangilanish.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy S24 yangi yangilanishlar bilan ta’minlanishi haqida xabar bergan edi.