Oʻzbekiston va Nauru oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi

eʼlon qilindi
uzbekistan vs nauru
Oʻzbekiston va Nauru oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi / Foto: Dunyo axborot agentligi

Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Nauru oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma kommyunike imzolandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi malum qildi.

Hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Nauruning BMTdagi doimiy vakili Lara Erab Daniyel imzoladi.

Tomonlar BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Shu tariqa Nauru Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 159-davlat boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vashington Toshkentga oʻzbekistonliklar deportatsiya qilinganini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek