O‘zbekistonda qanday yangi qo‘mita tashkil etiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etiladi.
Ushbu qo‘mita mazkur yo‘nalishda davlat siyosatini amalga oshiruvchi va turli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi bo‘ladi.
Har yili «O‘zbekiston yagona Vatan!» shiori ostida yurtimizdagi barcha millat va elatlar vakillarining tengligi va birdamligini e’tirof etuvchi anjuman o‘tkaziladi. Shuningdek, Qo‘mita «Vatandoshlar» jamoat fondi bilan hamkorlikda xorijdagi vatandoshlarning «Uz Global Think» forumini tashkil qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash markazini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.