Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbarini Navro‘z bilan tabrikladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Фото: РИАМО

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Tabrik maktubida Rossiya – O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanayotgani ta’kidlangan. Putin ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar bundan buyon ham o‘zaro manfaatlar asosida mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.

«Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama aloqalarni do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida rivojlantiramiz, deb ishonaman», – deyiladi tabrikda.

Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston fuqarolariga esa baxt-saodat va farovonlik tiladi.

Shuningdek